Parij Olimpiadasi g‘oliblariga qancha pul berilishi e’lon qilindi
Sport
−
14 fevral 2022 8867 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki olimpiya hamda paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
- oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;
- kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;
- bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.
Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, Tokioda o‘tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lib qaytgan sportchilarga ham xuddi shu miqdordagi bir martalik pul mukofotlari berilgan edi. Bundan tashqari, Tokio-2020 qahramonlariga oltin medal uchun Tahoe, kumush medal uchun Traverse va bronza medal uchun Trailblazer avtomobillari hamda Toshkent shahridan uy hadya qilingan edi.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi