Parij 50 dan ortiq davlatda mavjud o‘lim jazosini bekor qildirmoqchi

Olam

image

Fransiyada 2022 yilning birinchi yarmida dunyo bo‘ylab o‘lim jazosini butunlay bekor qilish maqsadida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 9 oktyabr kuni Fransiyaning 25-Prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilinganining 40 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Fransiyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi doirasida nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda o‘lim jazosi hali amalda qo‘llanilayotgan davlatlar hukumatini ushbu sharmandali harakatdan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida Parijda konferensiya o‘tkazamiz”, deydi Prezident.

Makron, shuningdek “Parij Yevropa Ittifoqidagi sheriklari bilan birgalikda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida o‘lim jazosini bekor qilmagan davlatlar ushbu jazoni qo‘llash bo‘yicha chiqarilgan qaror va uning ijrosi bo‘yicha BMTga hisobot berishini talab qiladigan rezolyutsiya loyihasini” kiritishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 195 ta mustaqil davlatlarning 107 tasi o‘lim jazosini to‘liq bekor qilgan. Biroq, uning 53 tasida hali-hanuz oliy jazo saqlanib qolmoqda.

“Amnesty International” xalqaro tashkilotining 2020 yilgi hisobotiga ko‘ra, Xitoy o‘lim jazosini qo‘llash bo‘yicha yetakchilik qilmoqda: yiliga mingdan ortiq, biroq rasmiy statistika mavjud emas.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun 2008 yildan rasman kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing