Parij-2024: Bahodir Jalolov finalga chiqdi
Sport
−
08 avgust 2024 12627 1 daqiqa
Fransiya poytaxtida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining yarim final jangida +92 kg vaznda o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov germaniyalik Nelvi Tiafakka qarshi ringga ko‘tarildi.
Uch raund to‘liq davom etgan jangda Jalolov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ketma-ket ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarida final yo‘llanmasiga ega chiqishni uddaladi.
Endi Jalolov 11 avgust kuni final jangida ishtirok etadi. Unga ispaniyalik va fransiyalik bokschilar o‘rtasidagi jang g‘olibi raqib bo‘ladi.
Live
Barchasi