Palov indeksi: eng qimmat va arzon osh qayerda sotiladi?
Bu qiziq
−
01 Oktabr 2023 8602 1 daqiqa
O‘zbekiston Davlat statistika agentligi sentyabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi. Bu haqda agentlikning saytida keltirilgan.
Mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 20 800 so‘m;
-
Andijon viloyati — 22 400 so‘m;
-
Buxoro viloyati — 28 200 so‘m;
-
Jizzax viloyati —23 200 so‘m;
-
Qashqadaryo viloyati — 25 800 so‘m;
-
Navoiy viloyati — 20 800 so‘m;
-
Namangan viloyati — 19 833 so‘m;
-
Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
-
Surxondaryo viloyati — 25 000 so‘m;
-
Sirdaryo viloyati — 23 200 so‘m;
-
Toshkent viloyati — 21 833 so‘m;
-
Farg‘ona viloyati — 19 667 so‘m;
-
Xorazm viloyati — 22 800 so‘m;
-
Toshkent shahri — 29 000 so‘m.
“Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr