Ozarbayjon yana Rossiyani ogohlantirdi
Olam
−
29 noyabr 2022 7470 1 daqiqa
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan bir necha bor norozilik bildirilganiga qaramay, Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingentining rasmiy hisobotlarida Ozarbayjon aholi punktlarining nomlari hanuzgacha arman toponimlari ostida keltirilgan. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik Qorabog‘ iqtisodiy rayonini “Tog‘li Qorabog‘ hududi” deb ko‘rsatishga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi.
“Ozarbayjon hududlarini soxta arman toponimlari bilan tilga olish qabul qilinishi mumkin emas”, deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashtirilgan Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligini ularga yuborilgan rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgan mamlakat aholi punktlari nomlaridan foydalanishga chaqirdi.
“Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingentining 2022 yil 28 noyabrda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan xabarida qayd etilgan Ozarbayjon aholi punktlarining rasmiy nomlari "Mardakert", "Martuni", "Madagiz" va "Getavan" emas, mos ravishda Oqdara, Xo‘javand, Sugovushan va Ko‘zliko‘prik deya atalsin”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida.
Live
Barchasi