Osh markazidagi portlash qurbonlarining yaqinlariga 2 mln tengedan beriladi
Olam
−
27 fevral 13286 1 daqiqa
Avvalroq, Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida kafe portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida berilgandi. Burabay tumani hokimi Aray Sodiqov marhumlarning oilalariga bir martalik 2 mln tenge, jarohatlanganlarga esa 1 mln tengedan berilishi va’da berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimini tashkil etish uchun hokimlik mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Dafn marosimida qatnashayotgan qarindoshlar uchun turarjoy va yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek, mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti o‘t o‘chiruvchilari yonayotgan kafedan 5 ta 50 litrli gaz balloni va ikkita kislorod ballonini olib chiqqan va shu bilan bino ichida keyingi portlashlarning oldi olingan.
Qayd etilishicha, hozirda Jinoyat kodeksining 292-moddasi 3-qismi, ya’ni “ikki yoki undan ortiq shaxsning beparvolik tufayli o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish” bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergov harakatlari boshlangan. Qonunga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, portlashda 26 kishi jarohat olgan, ulardan 7 nafari vafot etgan. Qurbonlar orasida 16 yoshli qiz ham bor. 13 kishi Burabay tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 6 kishi ambulatoriya kuzatuviga qo‘yilgan.
Live
Barchasi