Olmazordagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

2019 yilning 18 avgust kuni soat 16:48 da poytaxtning Olmazor tumani Shiroq ko‘chasi 104-uyda joylashgan “Teleatlas” xususiy korxonasiga qarashli qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash sexida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalar jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 16:55da yetib borgan, yong‘in soat 17:02 da o‘rab olinib, 19:25 da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 800 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sex omborxonasida qog‘oz chiqindilari 90 kvadrat metr maydonda yongan. Yong‘inni taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing