Olma-otada tartibsizlikni boshqargan xorijlik terrorchi ushlandi
Olam
−
10 yanvar 2022 58789 2 daqiqa
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari Olma-ota hududida ikkita ekstremistik uyani zararsizlantirdi. Uya a’zolari tartibsizliklarda ishtirok etgan. Bu haqda “Zakon.kz” qo‘mita Matbuot xizmatiga asoslanib, xabar berdi.
“Qozog‘iston Respublikasi MXQ tomonidan ommaviy tartibsizliklar va terrorchilik harakatlari ishtirokchilarini qidirish hamda qo‘lga olish, shuningdek, sodir etilgan jinoyat holatlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda chora-tadbirlar natijasida Ichki ishlar boshqarmasi hududidagi ikkita ekstremistik uya zararsizlantirildi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 9 yanvar kuni bir uyaning to‘rt nafar a’zosi katta miqdordagi jinoyatlarni sodir etish, taqiqlangan ekstremistik tashkilotga rahbarlik qilish va unda qatnashish hamda ekstremistik faoliyatga jalb qilishda gumonlanib, qo‘lga olingan.

“Ularning yashash joylarida tintuv o‘tkazilganda o‘qotar qurollar, travmatik va shovqinli granatalar, gilzalar, diniy adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar topilib, olib qo‘yildi”, deyilgan MQB xabarida.
Qayd etilishicha, uya rahbarlaridan biri xorij fuqarosi bo‘lib, tartibsizliklarda faol ishtirok etgan. U xorijdagi terrorchi guruhlar bilan aloqada bo‘lgan.
“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Qozog‘istonda qasddan yirik noqonuniy harakatlarni uyushtirish hamda hukumat va xavfsizlik idoralariga hujumlar tayyorlash uchun kelgan. Uning sheriklarini qidirish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga ko‘ra, tergov manfaatlarini ko‘zlab boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas, tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Live
Barchasi