Nurmuhammedovning navbatdagi jangi tasdiqlandi
Sport
−
16 iyun 2023 6863 1 daqiqa
Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmuhammedov navbatdagi jangida amerikalik Kori Sandxagenga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda UFC Matbuot xizmati xabar berdi.
Jang 6 avgustga o‘tar kechasi Neshvilldagi turnir doirasida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ushbu to‘qnashuv oqshomning asosiy jangi bo‘ladi.
UFC'da Nurmuhammedov 16 ta g‘alaba qayd etgan. 2023 yil yanvar oyida Umar tashkilotdagi birinchi jangini o‘tkazdi va braziliyalik Raoni Barselosni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Sendxagen 2018 yildan buyon UFC'da faoliyat yuritmoqda. U oxirgi jangini joriy yilning mart oyida o‘tkazib, ekvadorlik Marlon Verani mag‘lub etdi. Uning hisobida umumiy 16 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.