Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 26 dekabr kuni Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatining dastlabki tur o‘yinlari start oldi.

Rapid yo‘nalishi 1-turida niderlandiyalik Vrolijk Liamga qarshi oq donalarda bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

1-turda musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan norvegiyalik Magnus Karlsen chernogoriyalik Nikita Petrov bilan oq donalarda bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani va marosimda jahon tojdori Magnus Karlsenga o‘zbekona chopon kiydirilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand shaxmat Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing