Nodirbek Abdusattarov xalqaro turnirning chorak finaliga chiqdi
Sport
−
18 Oktabr 2022 5515 1 daqiqa
Ayni kunlarda butun shaxmat ustalari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqasi davom etmoqda. Musobaqada muvafaqqiyatli ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattatov chorak finalga yo‘l oldi.
U so‘nggi turda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarovga qarshi dona surib, g‘alaba qozondi. Qizig‘i, Nodirbek chorak finalda ham aynan Mamedyarov bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Chorak finaldan boshlab shaxmatchilar nokaut sistemasida bahs olib borishadi.
Chorak final juftliklari:
Duda – Vidit (Polsha - Hindiston);
Gukesh – Rapport (Hindiston - Vengriya);
Mamedyarov – Abdusattorov (Ozarbayjon – O‘zbekiston);
Erigaysi – Karlsen ((Hindiston - Norvegiya).
Eslatib o‘tamiz, Shaxriyar Mamedyarov va Nodirbek Abdusattarov o‘rtasidagi bahs bugun, 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr