Nike motorli krossovkalarni namoyish etdi

Bu qiziq

image

Amerikaning sport kiyimlari va poyabzal kompaniyasi Nike “Project Amplify” nomli motorli krossovkalar prototipini namoyish etdi. Bu haqda kompaniya o‘zining internet sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilma boldir va to‘piqning tabiiy harakatlarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Krossovkaga motor, uzatma tasmasi va qayta quvvatlanadigan manjetli batareya o‘rnatilgan. Poyabzalning o‘zini qurilma bilan ham, qurilmasiz ham kiyish mumkin.

Ushbu krossovkalar professional sportchilarga emas, kundalik hayotida uzoq masofalarni bosib o‘tadigan yoki ko‘proq yugurishni rejalashtirganlar uchun mo‘ljallangan.  U foydalanuvchiga tezroq harakatlanish va uzoq masofa bosib o‘tishga yordam beradi.

“Project Amplify” mohiyatiga ko‘ra, ushbu oyoq kiyimlar qadamingizga biroz ko‘proq quvvat qo‘shadi. O‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq narsa qila olishingizni anglash zavq bag‘ishlaydi, bu siz uchun nimani anglatishidan qat’i nazar", deya tushuntirdi Nike kompaniyasi vitse-prezidenti Maykl Donagu.

Hozircha “Project Amplify”  sinov bosqichida. Poyabzallar sotuvga bir necha yildan keyin chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning OpenAI kompaniyasi 21 oktyabr kuni o‘tkazilgan taqdimotda sun’iy intellekt asosida yaratilgan yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nike krossovka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing