Necha marta Zelenskiyni o‘ldirishga urinilgani ochiqlandi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘ziga qilingan o‘ndan ortiq suiqasd urinishlaridan omon qolgan. Bu haqda Rossiya bilan muzokaralarda qatnashayotgan Ukraina delegatsiyasi a’zosi, Prezident devonxonasi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak ma’lum qilgan. 

"Xorijiy hamkorlarimiz ikki-uch urinish haqida gapirishmoqda. Menimcha, bunday urinishlar o‘ndan ortiq bo‘lgan. Chunki bizda doimiy ravishda hukumat kvartaliga kirishni istagan Sabotaj va razvedka guruhlar borligi haqida tezkor ma’lumotlar bor va hokazo. Bizda juda kuchli razvedka va kontrrazvedka tarmog‘i mavjud – ular hammasini kuzatib boradilar va bu Sabotaj va razvedka guruhlarning barchasi yo‘lda yo‘q qilinmoqda. Ya’ni, biz barcha rejalarni tushunamiz va bizning kontrrazvedka bu masalalar ustida ishlamoqda”, deydi Podolyak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Buyuk Britaniyaning “The Times” gazetasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kamida uchta suiqasddan omon qolgani haqida yozgan edi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Prezidentini o‘ldirish topshirig‘i bilan mamlakatga ikki guruh – “Vagner” guruhi yollanma askarlari va chechen maxsus kuchlari yuborilgan. Gazetaning yozishicha, barcha suiqasd urinishlari Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan Federal xavfsizlik xizmati xodimlarining harakatlari tufayli barbod bo‘lgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

903

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing