“Navoiyuran”ga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2023 9341 1 daqiqa
“Navoiyuran” bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga Jamol Fayzullayev tayinlandi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 sentyabr kuni “Navoiyuran” davlat korxonasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov rahbarligida geologiya, tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohalaridagi dolzarb masalalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda davlat rahbari hamda hukumat tomonidan soha oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash, ishlar hajmini oshirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sohaning barcha yo‘nalishlarida natijadorlik va samaradorlikka erishish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani, uning vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatilgani e’lon qilingan.
Jahongir Hasanov 1979 yilda tug‘ilgan bo‘lib, “Navoiyazot” va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”da turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. U 2022 yilda “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori etib tayinlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025