Namangandagi kanal bo‘yida yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
07 mart 2023 3781 1 daqiqa
Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan “Navbahor” stadioni hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 6 mart kuni sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan chaqiruvga ko‘ra tuman Favqulodda vaziyatlar yong‘in qutqaruv ekipaji hodisa joyiga borgan. O‘rganish jarayonida hududidagi kanal yon atrofida qurigan o‘tlar yonganligi aniqlangan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yon atrofdagi binolarga zarar yetmagan.
“Yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi