Namanganda noutbuk mojarosi ortidan maktab direktori va sinf rahbar ishdan olindi

Jamiyat

image

Namanganda o‘quvchiga berilgan noutbuk qaytarib olingani sababli maktab direktori hamda uning sinf rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 22 yanvar kuni Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o‘quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqida videomurojaat tarqalgan edi. Unda, Respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada matematika fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Murodjon ismli o‘quvchiga berilgan noutbuk qaytarib olingani aytilgandi.  Shundan so‘ng, o‘quvchining yana bir murojaati paydo bo‘ldi. Unda  o‘qituvchilar sovrinni 24 yanvar kuni tantanali topshirishmoqchi bo‘lgani aytilgan

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, shu kunning o‘zida noutbuk Murodjon Ergashaliyevga qaytarib berilgan va shu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirilgan. 

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va maktab direktori Nozimjon Husanov hamda sinf rahbari Sanobar Xojimurodova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli Norin tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Javlonbek Nurmuxammadovdan tushuntirish xati olinib, tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga xat kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing