Miya faoliyatini bir necha daqiqada yaxshilovchi usul ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
11 iyun 6061 3 daqiqa
Oddiy meditatsiya inson miyasida juda tez o‘zgarishlarni boshlashi mumkin. Ushbu jarayon atigi 2 daqiqa ichida boshlanadi va taxminan 7 daqiqada eng yuqori darajaga yetadi. Bu haqdagi tadqiqot CNN’da e’lon qilindi.
Garvard tibbiyot maktabi olimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda 103 nafar kishi qatnashgan. Ularning miya faoliyati elektroensefalogramma (EEG) qurilmasi yordamida kuzatilgan. EEG bosh terisiga o‘rnatilgan sensorlar orqali miya elektr faolligini o‘lchab, miya to‘lqinlaridagi o‘zgarishlarni qayd etadi. Tadqiqotda boshlovchilardan tortib tajribali meditatorlargacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnashgan.
Tajriba davomida ishtirokchilarga “nafasni kuzatish” meditatsiyasi topshirilgan. Bu usulda inson nafas kirib-chiqishini diqqat bilan kuzatadi, fikrlarni esa majburlab to‘xtatmay, ularni shunchaki o‘tib ketishiga imkon beradi. Shu oddiy usul miya faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartirgan.
Natijalarga ko‘ra, meditatsiya boshlangach bir necha daqiqa ichida miya to‘lqinlarida aniq o‘zgarishlar kuzatilgan. Alfa to‘lqinlari (xotirjam hushyorlik bilan bog‘liq), teta to‘lqinlari (ichki diqqat va chuqur e’tibor), teta-alfa faolligi hamda beta-1 to‘lqinlari oshgan. Bu to‘lqinlar miya tinch, lekin ayni paytda hushyor va diqqatli holatga o‘tayotganini bildiradi.
Shu bilan birga, delta to‘lqinlari (uyquchanlik bilan bog‘liq) va gamma-1 to‘lqinlari (fikr chalg‘ishi bilan bog‘liq) kamaygan. Bu esa insonning uyquga moyilligi pasayib, fikrlar tarqalishi kamayganini anglatadi.
Olimlar bu holatni “relaksatsiya va hushyorlikning bir vaqtda paydo bo‘lishi” deb ta’riflashadi. Ya’ni odam bir tomondan xotirjam bo‘lsa, ikkinchi tomondan diqqat va ong faolligi ortadi. Tadqiqotchilar buni miya resurslarining qayta taqsimlanishi bilan izohlashadi. Miya chalg‘ishdan chiqib, diqqat, o‘zini kuzatish va hissiyotlarni boshqarish jarayonlariga ko‘proq kuch yo‘naltiradi.
Tadqiqotda yana bir muhim natija aniqlangan bo‘lib, tajribali meditatorlarda teta va alfa to‘lqinlari yanada kuchliroq oshgan, gamma-1 va delta to‘lqinlari esa ko‘proq kamaygan. Bu meditatsiya oddiy mashq emas, balki muntazam shug‘ullanish orqali kuchayadigan ko‘nikma ekanini ko‘rsatadi.
Mutaxassislarning aytishicha, miya to‘lqinlaridagi bu o‘zgarishlar meditatsiya paytida miya “boshqa ish rejimi”ga o‘tganini bildiradi. Biroq ular bu natijalarni bevosita sog‘liq yaxshilanishi bilan tenglashtirib bo‘lmasligini ham aytishadi, chunki EEG o‘zgarishlari faqat miya holatining o‘zgarishini ko‘rsatadi, lekin u alohida sog‘liq natijasini kafolatlamaydi.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, hatto juda qisqa – 2 dan 7 daqiqagacha bo‘lgan meditatsiya ham miyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oddiy nafasni kuzatish orqali miya tinch, diqqatli va hushyor holatga tez o‘tadi, bu esa meditatsiyaning eng asosiy neyrobiologik ta’sirlaridan biridir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq miya faoliyatini yosh saqlash uchun olimlar oddiy 3 odatlarni tavsiya qilgandi.

Live
Barchasi