Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirg‘izistonga yetib bordi

Jamiyat

image

Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Qirg‘izistonga yetib bordi. “Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi Aygul Japarova kutib oldi.

O‘zAning ma’lum qilishicha, Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borgan Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi. 

Mirziyoyev 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Prezident yozuvchi Chingiz Aytmatovning qabrini ham ziyorat qiladi.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27 yanvar kuniga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing