Milliarder Rotshild 87 yoshida vafot etdi
Olam
−
26 fevral 2024 17323 1 daqiqa
Bugun, 26 fevral kuni amerikalik iqtisodchi, Isroilni bevosita moliyalashtirib turuvchi dunyoning eng boy sulolaridan biri Rotshildlar oilasining London bo‘limi rahbari Jeykob Rotshild 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi bergan bayonotga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Aytilishicha, Jeykob Rotshild yahudiylarning urf-odatlariga muvofiq, dafn etiladi. Marosim tor doirada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Jeykob buyuk iqtisodchi, san’at va madaniyat chempioni, fidoyi davlat xizmatchisi, Isroilga katta xayriyalarni amalga oshirgan, yahudiy madaniyati rivojini qo‘llab-quvvatlagan, jonkuyar va sevimli ustoz”, deydi uning oila a’zolari.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik professor Azamat Akbarning aytishicha, 1991 yildan beri Jeykob Rotshild jahon mojarolarining asosiy o‘yinchisi sifatida tanilgan. Uning pullari Gruziya, Qirg‘iziston, Yaqin Sharq, Afrika va Ukrainadagi rangli inqiloblarga sarflangan.
Ulkanbayeva Rayhona
Live
Barchasi