Messi FIFA kunlaridan so‘ng, mukammal ko‘rinishda bo‘ladi – Pochettino

Sport

image

Kecha, 29 avgust kuni PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Lionel Messining jamoadagi debyutini yuqori baholadi. Argentinalik futbolchi “Reyms”ga qarshi uchrashuvning 66-daqiqasida Neymarning o‘rniga maydonga tushdi. 

“Leo endigina maydonga tushdi, lekin to‘pga birinchi tegishi jamoa o‘yiniga ishonch qo‘shdi. Hatto Messidek futbolchi uchun ham yaxshi debyut qilish muhim. U o‘yinga yaxshi qo‘shildi. Messi hali ham eng yaxshi formasini tiklab olgani yo‘q, lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. FIFA kunlaridan so‘ng, u mukammal ko‘rinishda bo‘ladi”, deydi Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Kilian Mbappening dubli evaziga “Reyms”ni mag‘lub etdi va turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, Messi 31 daqiqa maydonda harakat qilib, darvozaga aniq zarba bermadi. Lekin 21 uzatmadan 20 tasi jamoadoshlariga yetib borgan. Paslar aniqligi – 95,2 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi PSJ Debyut Mourisio Pochettino

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing