Men Polni 4-5 raundda nokaut qilaman – Garsiya
Sport
−
29 noyabr 2024 3447 1 daqiqa
Mashhur amerikalik bokschi Rayan Garsiya bloger Jeyk Polni 4-5 raundda nokautga uchratishi mumkinligiga ishonmoqda.
“Men Jeyk Polning boksdagi faoliyatiga nuqta qo‘yish uchun keldim. Agar men u bilan jang qilganimda, jangimiz 84 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bo‘lardi. Hamma meni juda kichkina deb o‘ylaydi. Ammo mahorat o‘z so‘zini aytadi. Agar Jeyk Mayk bilan bo‘lgani kabi jang qilsa, men uni to‘rt-besh raundda nokautga uchratishimga ishonaman”, deydi Garsiya.
Qayd etish joiz, Jeyk Pol so‘nggi jangida og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Taysonni hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, iyun oyida 26 yoshli Rayan Garsiya boksdagi faoliyatini tugatganini aytgandi, biroq yana boksga qaytdi. Garsiya navbatdagi jangini 30 dekabr kuni yaponiyalik Rukiya Anpoga qarshi o‘tkazishi belgilangan.
Live
Barchasi