“Maska “otmen” bo‘lgan”. YPX xodimi Maxsus komissiya qarorini “bekor qildi” (video)

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimi va fuqaro muloqoti aks etgan video tarqaldi. Unda xodim fuqaroga 1 noyabrdan mamlakatda niqob taqib yurish talabi bekor qilinganini aytganini ko‘rish mumkin. Videodagi holat yuzasidan IIV YHXBB munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, bugun, 30 dekabr kuni soat 10:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida YPX xodimi I.Xusanov tomonidan Lacetti haydovchisi to‘xtatilgan.

O‘zaro muloqot jarayonida avtomobil yo‘lovchisi YPX xodimiga nima sababdan tibbiy niqob taqmaganligini aytib, e’tiroz bildirgan. Ammo, xodim tibbiy niqob taqish majburiyligi bekor qilinganligini ta’kidlab, unga noto‘g‘ri ma’lumot yetkazgan.

Hozirda YPX xodimi I.Husanovga nisbatan Toshkent viloyati IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

YHXBB O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan tibbiy niqobni taqib yurish majburiy emasligi bo‘yicha hech qanday qaror e’lon qilinmaganini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing