“Manchester Siti” Hindistonning yirik agentligi bilan hamkorlik qiladi
Sport
−
13 mart 2025 5999 1 daqiqa
“Manchester Siti” Hindistondagi o‘sib borayotgan muxlislar bazasi bilan aloqa o‘rnatish maqsadida mamlakatning yetakchi sport menejmenti va konsalting agentligi “Rise Worldwide” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Economic Times” nashri xabar berdi.
“Rise Worldwide” agentligi rahbari Nikxil Bardia “Manchester Siti” bilan hamkorlik nafaqat biznes taraflama, balki sport taraflama mamlakat uchun muhim voqea ekanligini ta’kidladi.
“Manchester Siti” dunyoning eng yaxshi klublaridan biri va biz ular bilan shartnoma imzolash sharafiga muyassar bo‘ldik. Maqsadimiz nafaqat biznes o‘sishiga turtki beradigan, balki mamlakatda sport rivojiga hissa qo‘shadigan uzoq muddatli ittifoqlar tuzishdir”, deydi Bardia.
Ma’lumot o‘rnida, “City Football Group” allaqachon Hindistonda moliyaviy va sport sohasidagi manfaatlariga ega bo‘lib, Hindiston Superligasi klubi “Mumbai Siti”ga sarmoya kiritgan. Klubga sarmoya kiritilganidan beri “Mumbai Siti” futbol klubi o‘zini so‘nggi paytlarda Hindistonning eng muvaffaqiyatli klublaridan biri sifatida ko‘rsatdi hamda “ISL League Shield” va “ISL Cup” musobaqalarida ikki marotabadan zafar quchdi.
Live
Barchasi