Madaniyat vazirligi Toshkent kurantidagi “lenta”larni olib tashlashni talab qildi

Jamiyat

image

Madaniy meros ob’ektlari reyestriga kiritilgan Toshkent kurantlarini bezatish Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bilan kelishilmagan. Vazirlik ushbu kurantlardagi bant va “lenta”larni olib tashlashni talab qilmoqda.

Madaniyat vazirligining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, Madaniy meros departamenti Toshkent shahri madaniy meros boshqarmasi tomonidan bant va “lenta”lar paydo bo‘lganidan so‘ng, 27 noyabr kuni Binolardan foydalanish departamentiga Toshkent kurantlaridagi noqonuniy o‘rnatilgan elementlarni olib tashlash to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan.

Vazirlikning ogohlantirish xatida qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 265-sonli qarorining 6-ilovasi talablaridan kelib chiqib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalarga Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashidan xulosa olgan holda amalga oshirish talab etiladi.

Yuqoridagi asoslardan kelib chiqib, “Toshkent kuranti” madaniy meros ob’ektiga o‘rnatilgan elementlarni zudlik bilan olib tashlashni so‘ragan. 

Joriy yilning noyabr oyi oxirida Toshkent kurantlari binosining old qismida qizil rangli “lenta”lar va bant paydo bo‘lgandi. Binoning old qismidagi bant va “lenta” hozircha olib tashlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kurant

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar