London osmonida ajdarho ko‘rinish berdi (video)

Olam

image

London shahri osmonida HBO kompaniyasining “Ajdarlar uyi” (House of the Dragon) seriali uchinchi mavsumini targ‘ib qilish doirasida mexanik Siraks ajdarhosi uchirildi. Bu haqda “Verge Magazine” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ulkan mexanik Siraks modeli Temza daryosi ustida oldindan rejalashtirilgan uchta parvozni amalga oshirgan. U London Taueri atrofida aylanib uchgan, so‘ngra qal’a hududi tomon pastlab kelib, tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

Mexanik ajdarho Germaniyaning havo animatsiyasiga ixtisoslashgan Airstage kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Uning og‘irligi 13 kilogramm bo‘lib, uch oy davomida uglerod tolasi va alyuminiydan tayyorlangan karkas asosida yasalgan.

Siraks modeli serialda Reynira Targariyen minib uchgan ajdarhoning deyarli aniq nusxasi hisoblanadi. Uni yaratishda tasvirga olish jarayonida olingan 3D-skaner ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Ajdarhoning qanotlari yoyilganda 8 metrga yetadi. Uning boshi, bo‘yni va dumi to‘liq harakatlanadi, konstruksiyasida 23 dan ortiq harakatlanuvchi mexanik qism mavjud. Mexanik ajdarho soatiga 35 kilometrgacha tezlikda ucha oladi.

Mazkur aksiya “Ajdarlar uyi” seriali uchinchi mavsumining Buyuk Britaniya va Irlandiyada HBO Max platformasida 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan premerasi munosabati bilan tashkil etilgan.
Jorj R. R. Martinning “Olov va qon” romani asosida suratga olingan serial Targariyenlar sulolasi tarixi haqida hikoya qiladi va “Taxtlar o‘yini” voqealaridan qariyb 200 yil avvalgi davrni qamrab


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing