LM3ALLEM qo‘shig‘i muallifi (Saad Lamjarred) qamaldi
Madaniyat-san’at
−
27 fevral 2023 25073 1 daqiqa
Arab musiqasining eng taniqli yulduzlaridan biri, marokashlik mashhur qo‘shiqchi Saad Lamjarred 2016 yilda sodir etgan jinoyati sabab hibsga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, xonanda 2016 yilda Parij mehmonxonasida fransuz ayolini zo‘rlashda ayblangan. Lamjarred 2016 yilda hibsga olinganida, Marokash qiroli uni qo‘llab, qo‘shiqchining sud xarajatlarini qoplagan. Shundan so‘ng san’atkor qirolga bag‘ishlab qo‘shiq yozgan va u YouTube’da 140 million marta ko‘rilgan. Xonandaning muxlislari esa uni Marokash bilan munosabatlari keskinlashgan qo‘shni Jazoirning “syujeti” qurboni bo‘lganini da’vo qilgan.
Joriy yilning 24 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan sud jarayonida qo‘shiqchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovni rad etgan. Biroq sud majlisida Lamjarredga olti yillik qamoq jazosi berilgan. Hukmni eshitgan 37 yoshli qo‘shiqchi hech qanday munosabat bildirmagan. Uning hukm yuzasidan apellyatsiya berish-bermasligi ham hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Lamjarredga katta mashhurlik olib kelgan LM3ALLEM taronasi YouTube’da bir milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi