Xorijdagi o‘zbekistonliklar endi “qizil pasport”ni elchixonalar orqali olishlari mumkin

Jamiyat

image

2020 yil 1 martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Fuqarolar respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) consulate.mfa.uz veb-portali orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin. 

Vayd etilishicha, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi. 

Bundan tashqari, 1 martdan boshlab consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xorijga chiqish pasporti

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar