Xitoy Afg‘onistondagi tartibsizlik aybdorlarini “Tolibon”ga yordam berishga chaqirdi

Olam

image

Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi iqtisodiy va gumanitar vaziyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va bu davlatga yordam ko‘rsatishi kerak. Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun shunday chaqiriq bilan chiqdi.

Xitoylik diplomat BMT Xavfsizlik Kengashining Afg‘oniston bo‘yicha qarorini sharhlar ekan, rivojlangan davlatlarni rasmiy Qobulni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi navbatda Afg‘onistondagi “tartibsizlikka aloqador” davlatlarga tegishli.

Chjan Szyunning aytishicha, afg‘on hukumatini har qanday chora ko‘rishga majburlash uchun moliyaviy dastaklardan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U Afg‘onistonning aktivlarini muzlatib qo‘yishni va bu cheklovlar mamlakatning iqtisodiy va gumanitar tiklanishiga xalaqit bermasligi uchun "Tolibon"ga joriy qilingan sanksiyalarni tekshirishni taklif qildi.

"Tolibon" tashkiloti terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida qolgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallab, Respublikani ag‘dardi. Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatdan qochib ketdi.

6 sentyabr kuni "Tolibon" Panjsher viloyatini ham bo‘ysundirib, butun Afg‘onistonda nazorat o‘rnatdi. 7 sentyabr kuni esa toliblar vakilidan tuzilgan hukumat tarkibi e’lon qilindi. Unga BMTning "qora ro‘yxati"ga tushgan mulla Muhammad Hasan Oxund Bosh vazir bo‘ldi.

Hozirgacha "Tolibon" tuzgan hukumatni hech bir davlat tan olgani yo‘q. AQSH va Jahon banki esa Afg‘onistonning xorijiy banklardagi davlat zaxirasini muzlatib qo‘ydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan aktivlar yoki iqtisodiy resurslarga qo‘yilgan taqiqni olishga ruxsat berdi. Mamlakatning zaxiralari 10 mlrd dollar ortiq ekani aytilmoqda.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing