Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
15 dekabr 2020 6078 1 daqiqa
Bugun, 15 dekabr kuni xalq deputatlari Kegeyli tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining xabar berishicha, rais Murat Kamalov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Davletbay Utemuratov Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
U bu lavozimda 2016 yil oktyabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov o‘rnida ish boshladi.
Ma’lumot uchun, Davletbay Utemuratov 2010-2019 yillarda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlagan. 2019 yil mayida u ishdan olinib, uning o‘rnini Roman Jumaboyev egallagandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28