Kanada 20 ming afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilmoqchi

Olam

image

Kanada hukumati “Tolibon” jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujumda aziyat chekkan 20 ming afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda mamlakatning Immigratsiya, qochoqlar va fuqarolik ishlari vaziri Marko Mendisino ma’lum qildi.

“Tolibon” Afg‘oniston hududini birma-bir egallab olayotgan vaqtda, tobora ko‘proq afg‘onlarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Ko‘pchilik allaqachon mamlakatni tark etgan. Shu sababli Mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajan va Tashqi ishlar vaziri Mark Garno Kanadaga “Tolibon” tahdidi ostida bo‘lgan 20 ming afg‘onni qabul qilishini e’lon qildi. Ular uchun maxsus yordam dasturlari ishga tushiriladi”, deydi vazir Marko Mendisino

Ma’lum bo‘lishicha, afg‘on qochqinlarini qabul qilish bo‘yicha harakat allaqachon boshlangan. Qochqinlar o‘tirgan samolyotning birinchisi Torontoga qo‘ngan.

Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonda rasmiy lavozimlarda ishlagan ayollar, davlat xizmatchilari, tarjimonlar, Amerika va boshqa G‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilganlarning hayoti katta xavf ostida qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” mamlakat hududining 60 foizdan 85 foizgacha, shu jumladan, besh davlat bilan chegaradosh hududlarni nazorat qilmoqda. 12 avgust kuni ular Qandahor va Hirot kabi bir qator yirik shaharlarini ham egallab oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing