Quyosh ostida qolish kimlar uchun o‘ta xavfli ekanligi aytildi
Salomatlik
−
19 iyun 2020 8962 1 daqiqa
Shifokorlar ba’zi toifadagi odamlar quyosh nurlari tik tushadigan joylarda bo‘lmasliklari kerak, deb hisoblamoqda. Bu ularning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya ogohlantrishmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, fotodermatoz yoki fotodermatit bilan kasallangan odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanishi lozim. Chunki quyosh nuri tufayli ularning terisida toshmalar paydo bo‘lib, qichishish yuz beradi.
Antibiotiklarni qabul qiluvchilar quyosh nurlari ostida qorayishni orzu ham qilmasinlar. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar antibiotik bilan davolangan odam quyoshning tik nurlari sotida qolsa, uning terisi kuchli ravishda qichishib ketadi.
Quyosh tufayli onkologiya, teri saratoni va melanoma kabi kasalliklar rivojlanishi mumkin, deydi shifokorlar.
"Qoidaga ko‘ra, ushbu guruhga terisi juda yorqin va juda ko‘p xoli bor odamlar kiradi”, dedi immunolog-allergolog Vladimir Bolibok.
Live
Barchasi