Qozog‘istondagi bozorlardan birida yong‘in chiqdi (video)
Olam
−
20 yanvar 2023 5492 1 daqiqa
Bugun, 20 yanvar kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi “Oqsoy” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 1500 kvadrat metrni tashkil etgan. Yong‘in chiqqan binoda savdo rastalari, ikkinchi qavatda kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, matolar va pardalar sotish bo‘limi mavjud bo‘lgan.
Chaqiruvga ko‘ra, yong‘in joyiga 50 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 16 ta texnika safarbar etilgan.
Viloyat qutqaruvchilari binoning birinchi qavatidan 4 kishini qutqargani aytilmoqda. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot keltirilmagan.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi