Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi
Jamiyat
−
14 iyul 2022 7083 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, shifoxonada yotgan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olma-ota viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida joriy yil 14 may kuni YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizilgan M.A.ning qarindoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilib, uni O‘zbekistonga qaytarishni so‘ragan.
“Ushbu murojaat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qozog‘iston Respublikasidagi vakili va mamlakatimizning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tezkorlik bilan o‘rganilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, maxsus avtomobilda shifokor hamrohligida Vatanga qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025