Qozog‘istonda qizamiq aniqlangan bolalar maktab va bog‘chalardan chetlashtiriladi

Olam

image

19 fevraldan Qozog‘istonda qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd etilsa, infeksiya tarqalishining oldini olish uchun emlanmagan bolalar vaqtincha bog‘cha va maktablardan chetlashtiriladi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tegishli farmon mamlakatning bosh davlat sanitariya shifokori Sarxat Beysenova tomonidan imzolangan va 19 fevraldan kuchga kirgan.

Farmonga ko‘ra, ta’lim boshqarmalari rahbarlari bolalar o‘rtasida emlash qamrovini kamida 90 foiz darajasida kuzatib borishlari, kasallik belgilari bo‘lgan bolalar va o‘qituvchilarning ta’lim muassasalariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun "ertalabki filtr" o‘tkazishlari va ota-onalarni emlash zarurati haqida xabardor qilishlari shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, ta’lim muassasalariga qizamiq bilan kasallanish holatlari aniqlangan taqdirda emlanmagan bolalarni vaqtincha olib ketishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi ilgari mamlakatda keng tarqalgan emlash rad etilishi poda immunitetining pasayishiga olib kelganini xabar qilgan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qizamiq bilan kasallangan bolalarning 59 foizi ota-onalarining rad etishi tufayli emlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) so‘nggi bir necha yil ichida kasallanish holatlarining ko‘paygani sababli O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing