Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan “Leyla” ushlandi (video)
3-sahifa
−
24 iyun 13829 2 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida o‘zbekistonlik qizlarni yuqori maoshli ish bahonasida Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida S. ismli ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan boshqa bir ayolning ishonchiga kirib, unga xorijda katta daromadli ish va’da qilgan holda Turkiyaga olib ketayotgan vaqtida IIBB tezkor-qidiruv xizmati tomonidan qo‘lga olingan.
Uning buyumlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda S.ning yonidan xorijga chiqish pasporti, Toshkent-Istanbul yo‘nalishidagi reysga aviachiptalar hamda uyali telefon apparatlari topilgan va ular o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Aniqlanishicha, o‘zini “Leyla” deb tanishtirgan ayol O‘zbekistonda yashab turgan qizlarni Turkiya davlatiga fohishalikka chaqirib, u yerda ishlashga taklif qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilingandi. Ushbu ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh va’da qilib, ularni Turkiyaga olib borgan. U yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr