Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari ham iste’foga chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va qayta ishlash sanoati vaziri Baqit To‘robayev lavozimidan iste’foga chiqish uchun ariza berdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. 

Vazirlar Mahkamasi bu ma’lumotni hozircha rasman tasdiqlamadi, uning apparati esa mazkur masalaga izoh bermayapti. 

Manbalarga ko‘ra, iste’fo haqidagi ariza topshirilgan va hozirda masala ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin vaqt ichida Prezidentning qarori chiqishi hamda kelishish uchun yangi nomzodning kiritilishi kutilmoqda. 

Iste’fo sabablari hozircha oshkor etilmayapti. Siyosiy doiralarda uning o‘rnini Erlist Oqunbekov egallashi haqidagi gap-so‘zlar kuchaymoqda. 

Baqit To‘robayevning lavozimidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev iste’foga chiqqanidan so‘ng darhol paydo bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baqit To'robaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar