Qimmatbaho toshlarni noqonuniy muomalaga kiritganlar 1 yilgacha qamalishi mumkin
Jamiyat
−
22 aprel 2590 2 daqiqa
Endi qimmatbaho toshlarni noqonuniy muomalaga kiritish uchun 1 yilgacha qamoq jazosi joriy etiladi. Bu haqda kecha, 21 mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunda so‘z boradi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasiga asosan, qimmatbaho metalllar va (yoki) qimmatbaho toshlarni noqonuniy sotib olish yoki sotish ularni musodara qilishga, shuningdek 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga olib keladi. Ma’muriy qamoq qo‘llanilmaydigan shaxslar uchun esa 10 dan 20 bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima belgilanadi.
Agar mazkur huquqbuzarlik uchun avval ma’muriy jazo qo‘llangan bo‘lsa va shu kabi harakat qayta sodir etilsa, bu holat jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bunday jinoyat uchun 75 dan 100 bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksida qimmatbaho metalllar va toshlar tushunchasiga aniq ta’rif berilgan.
Qimmatbaho metalllarga oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar – palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy hamda osmiy kiritiladi. Ular har qanday ko‘rinish va holatda, jumladan quyma, affinaj qilingan shaklda, shuningdek xomashyo, qotishma, yarim tayyor mahsulot, sanoat buyumlari, kimyoviy birikmalar va chiqindilar tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Bundan zargarlik buyumlari va maishiy mahsulotlar hamda ularning lomlari mustasno.
Qimmatbaho toshlarga esa tabiiy olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandrit hamda tabiiy marvarid kiradi. Ular ham xom (tabiiy) va ishlov berilgan holda bo‘lishi mumkin. Zargarlik buyumlari va maishiy mahsulotlar hamda ularning lomlari bu toifaga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda zargarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytarilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi