Qashqadaryoliklarni Isroilga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatida fuqarolarni ishlash maqsadida boshqa davlatga jo‘natishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Xatirchi tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, barcha hujjatlarni o‘zi tayyorlagan holda, uni Bolgariya davlatiga ishga yuborish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Kitob tumanida ham shu kabi holat fosh etilgan. Xususan, Toshkent viloyatida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan shaxs 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish va ishchi vizasini o‘zining tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs Qashqadaryo viloyatiga borib, so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln pullarini qo‘lga kiritgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing