Qashqadaryoda qizni turmushga chiqishga undab, bosim qilgan yigit qamaldi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida erta unashtirilgan qizga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilgani, Bolalar ombudsmaniga undan murojaat kelib tushgani va holat o‘rganilib, qizga himoya ordepi berilganini xabar qilgan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yanvar kuni qiz Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishda davom etayotganini bayon etgan. 

Holat  yuzasidan o‘rganishlar natijasida, 29 yanvar kuni O.B. ushbu harakatlari uchun ma’muriy tartibda ushlanib, bugun, 30 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206(1)-moddasi (Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing