“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi butkul yonib ketdi (foto)
Jamiyat
−
15 aprel 2023 4669 1 daqiqa
“Qamchiq” dovonida DAF rusumli yuk mashinasi butunlay yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea bugun, 15 aprel soat 02:48 da Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 225 km “Qo‘shminor” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda harakatlanib ketayotgan DAF rusumli yuk mashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in sababli avtomashina va uning yukxonasi to‘liq yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Sodir bo‘lgan yong‘in Qamchiq Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03:20 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi shaxsga tegishli bo‘lgan.
Live
Barchasi