JICA bilan uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari kelishib olindi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
4077O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 dekabr kuni Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko‘p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan yangi dastur o‘zaro kelishib olindi.
Kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi.
LiveBarchasi