Istanbul fotihiga tegishli medalon 1,7 mln dollarga sotildi 

Olam

image

Usmonlilar davlatini 1444-1446 va 1451-1481 yillarda boshqargan sulton Mehmet II ga tegishli ekani aytilgan bronza medalon Londondagi kim oshdi savdosida 1,4 million funt sterling (taxminan 1,7 mln dollar)ga sotildi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.

Londondagi Islom dini va Hindistonga oid asarlar sotuvga qo‘yilgan Bonhams auksion uyida turli buyumlar o‘z xaridorlarini topdi. Kim oshdi savdosining eng muhim eksponatlaridan biri Mehmet II portreti tushirilgan medalon 900 ming funt sterling boshlang‘ich bahosi bilan kim oshdi savdosiga qo‘yildi va yakunda 1,4 million funt sterlingga sotildi. 

Taxminlarga ko‘ra, sotilgan medalonga o‘yib tushirilgan surat Mehmet Fotihning qadimgi portreti ekanligiga ishonilgan. Mehmet shahzoda bo‘lgan paytida yasalgani aytilgan va “Buyuk shahzoda, Buyuk amir, Sulton Mehmet afandi” yozuvi mavjud bo‘lgan eksponat 1450 yilga mansub. 

Shuningdek, auksionda Usmonlilar davridan qolgan 3 dona koshin 12 ming, 14 ming hamda 15 ming funt sterlingga o‘z egalarini topgan bo‘lsa, kumush tutatqi 2 ming, atirgul suvi likyori 3 ming funt sterlingga sotildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Mehmet Fotih medaloni sotuvga qo‘yilgani e’lon qilingandi. 

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

medal'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar