Isroilning G‘azodagi maktabga zarbasi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
26 may 2025 3200 2 daqiqa
G‘azo shahrining Daraj hududida joylashgan maktabga Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hujum qilingan maktab binosida ko‘chirilgan fuqarolar yashayotgan bo‘lgan. Ushbu voqea odamlar uxlab yotgan paytda sodir bo‘lgan. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Qolaversa, ushbu hujumlar oqibatida bitta jurnalist va Qizil Xoch jamiyatining ikki xodimini ham vafot etgan. Shuningdek, nashr ko‘p sonli yaradorlar borligi haqida yozgan. Shuningdek, ichkaridagi tinch aholining mol-mulki ham yonib ketgan.
G‘azo shahridagi Al-Shifa mahalliy shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra, turarjoy binosiga ham alohida hujum uyushtirilgan. Oqibatda bir oilaning 15 a’zosi halok bo‘lgan, ularning orasida besh nafar ayol va ikki nafar bola ham bor.
Isroil OAVlariga ko‘ra, yangi operatsiya rejasining asosiy maqsadlaridan biri jangovar hududlardagi, xususan, G‘azo shimolidagi tinch aholini janubiy hududlarga ko‘chirishdan iborat. Bu orqali tinch aholini HAMASdan ajratish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning quruqlikdagi qo‘shinlari G‘azo sektorining shimoli va janubida “Gideon aravalari” nomli yangi harbiy kampaniya doirasida keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiyalarni boshlagani haqida xabar berilgandi. Isroil armiyasiga ko‘ra, ular allaqachon o‘nlab HAMAS a’zolarini yo‘q qilgan, yer usti va yer ostidagi HAMAS infratuzilmasini demontaj qilgan.
Live
Barchasi