Isroil G‘azoda har kuni taxminan 50 nafar ayolni o‘ldirgan – BMT
Olam
−
18 aprel 3278 1 daqiqa
2023 yil oktyabr oyidagi eskalatsiya boshidan 2025 yil dekabriga qadar G‘azo sektorida har kuni taxminan 50 nafar ayol va qiz bola halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Jenevadagi brifingda BMTning gender tenglik masalalari bo‘yicha tuzilmasi rasmiy vakili Sofiya Kaltorp ma’lum qildi.
“2023 yil oktyabridan 2025 yil dekabrigacha bo‘lgan davrda G‘azo sektorida Isroilning havo hujumlari va quruqlikdagi harbiy operatsiyalari natijasida 38 mingdan ortiq ayol va qiz bola halok bo‘ldi. Bu raqam 22 mingdan ortiq ayol va 16 ming nafar qiz bolani o‘z ichiga oladi, bu esa o‘rtacha hisobda har kuni kamida 47 nafar ayol va qiz bola o‘ldirilganini anglatadi”, deydi u.
Kaltorpning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va qizlarning ulushi G‘azodagi avvalgi mojarolarga qaraganda ancha yuqori. U Falastin anklavida ayollarning iztiroblari davom etayotganini ta’kidlagan.
“2025 yil oktyabr oyida e’lon qilingan sulhga qaramay, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida 730 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortig‘i esa yaralandi”, deydi u.
Shuningdek, Kaltor hozirda ma’lumotlar taqchilligi sababli qurbonlarning jinsi bo‘yicha aniq raqamlarni taqdim etish imkoni yo‘qligini ko‘rsatib o‘tgan.
Live
Barchasi