Isroil harakatlari harbiy jinoyat – Arab parlamenti raisi
Olam
−
25 fevral 3555 1 daqiqa
Arab parlamenti raisi Muhammad bin Ahmad Al-Yamahi G‘azoda tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Isroil tomonidan qasddan buzilayotganini keskin qoraladi. Unga ko‘ra, tinch aholiga ohirgi zarbalar berilishi va uy-joylarning vayron qilinishi natijasida 28 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda uning joriy yilning 22 fevral kuni e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.
Al-Yamahi o‘z bayonotida bu harakatlar vositachilar sa’y-harakatlariga bepisandlik ekanini, mojaroni yumshatishga qaratilgan har qanday intilishga zarba bo‘layotganini ta’kidlagan. U G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarni harbiy va insoniyatga qarshi jinoyat deb baholab, aybdorlarni zudlik bilan javobgarlikka tortishni talab qilgan.
Rasmiy keskinlik oqibatlari uchun Isroilni va xalqaro hamjamiyatni mas’ul deb hisoblashini urg‘ulagan. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashini favqulodda chora ko‘rishga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini amalga oshirishni ta’minlashga va falastin xalqini xalqaro himoya bilan ta’minlashga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Afrika Ittifoqining Efiopiyada bo‘lib o‘tgan sammitida Isroilni G‘azo bo‘yicha sulh kelishuvi doirasidagi kelishuvlarga amal qilishga chaqirgandi.
Live
Barchasi