ISHID va boshqa terrorchilar MDH hududiga kirishga urinyapti – Putin
Olam
−
26 Oktabr 2022 11476 2 daqiqa
ISHID va boshqa terrorchilik guruhlari MUSTAQIL Davlatlar Hamdo‘stligi hududiga kirib borishga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 26 oktyabr kuni kuni tashkilot davlatlari Xavfsizlik va razvedka idoralari rahbarlari kengashining 51-yig‘ilishi delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Hamdo‘stlik hududidagi tahdidlar haqida gapirar ekanman, ISHID, “Al-Qoida” va boshqa terrorchilik guruhlari tomonidan xavf-xatarlar kamaymayapti. Ular MDH davlatlariga kirib borishga, konspirator yacheykalar tuzishga harakat qilmoqdalar va jangari guruhlarning Afg‘onistonda, ayniqsa, Markaziy Osiyo respublikalari bilan chegaralar yaqinida to‘planishi, albatta, bu mintaqaga bostirib kirishning potensial xavfini tug‘diradi”, deb ta’kidladi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, umuman Hamdo‘stlik ham, uning alohida davlatlari ham haligacha bunday murakkab tahdidlarga duch kelmagan.
“Bizning umumiy vazifamiz esa xalqlarimizni ulardan imkon qadar himoya qilish, MDH makonida barqarorlik va tinchlikni mustahkamlash, so‘nggi o‘n yilliklarda chinakam sheriklik munosabatlari namunasiga aylangan o‘zaro manfaatli integratsiya jarayonlarini rivojlantirishni davom ettirishdan iborat”, deb ta’kidladi u.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining fikricha, bugungi kunda ushbu muammolarni hal qilish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish muhim ahamiyatga ega.
“Va, albatta, to‘plangan tajriba va aloqalardan to‘liq foydalanish, biz bir necha bor guvohi bo‘lganimizdek, har bir xizmat salohiyati va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi”, deya xulosa qildi u.
Live
Barchasi