Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi (foto)
Jamiyat
−
20 mart 6884 1 daqiqa
Bugun, 20 mart kuni qaytadan qad rostlagan Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun ushbu muborak maskandagi yangi va muhtasham 10 ming sig‘imga ega bo‘lgan masjidda ilk bor hayit namozi ado etilgan.



“Bu yilgi Ramazon oyi tarixiy voqealarga boy bo‘lgani, xususan, Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xayrli islohotlar, xayru saxovat ishlari va Iydul Fitrning fazilatlari suhbatlarning asosini tashkil etdi”, deyiladi xabarda.



Bildirilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar, minglab o‘zbekistonliklar mahobatli masjidda hayit namozini ado etgan.



“Duolar ijobat bo‘ladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boshchiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinchlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini so‘rab duoyu iltijo qildilar”, deyiladi xabarda.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakuniga yetgan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, u yerda hayit namozini ado etish taklifini ma’qullagan edi.
Live
Barchasi