Gruziyada deputatlar qonun loyihasi muhokamasi vaqtida mushtlashdi (video)

Olam

image

Gruziya deputatlari xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida mushtlashdi. Bu haqda “Gruziya Online” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mita raisi Anri Oxanashvili va muxolifat deputatlari o‘rtasida dastlab og‘zaki janjallashuv bo‘lgan. Bu janjal keyinchalik mushtlashuvga aylanib ketgan.

“Vataning yo‘q, kimning manfaatiga xizmat qilasan? Sening uying yo‘q. Senda davlatchilik hissi yo‘q”, deydi Oxanashvili “Strategiya Agmashenebeli” partiyasi yetakchisi Giorgiy Vashadzega.

Barcha muxolifat deputatlari majlis zalini tark etishga majbur bo‘lgan.

“Biz barcha muxolifat deputatlarini, jumladan, ayollarni ham kuch bilan quvib chiqardik. Bino politsiya tomonidan o‘ralgan, jurnalistlarga ruxsat berilmagan. Demak, qonun allaqachon ishlay boshlagan”, deydi muxolifatchi deputat Yeka Xerxeulidze jurnalistlarga.

Qonun loyihalari muhokamasi bilan bir vaqtda parlamentga tutash hududda norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar qonunning qabul qilinishiga qarshi.

Parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini bildirgan. Agar Prezident Salome Zurabishvili veto qo‘ysa, deputatlar uni yengib o‘tishga harakat qilishlarini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing