Gruziya Bosh vaziri muxolifat tufayli iste’foga chiqdi
Olam
−
19 fevral 2021 3161 1 daqiqa
Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya kecha, 18 fevral kuni rasmiylarning muxolifat lideri Nika Meliyani hibsga olishga urinishi tufayli o‘z jamoasi bilan kelisha olmagani sabab iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Afsuski, men bu masalada jamoam bilan kelisha olmaganimdan kelib chiqib, o‘z lavozimimdan ketishga qaror qildim”, deydi u.
Gaxariya iste’foga chiqish mamlakat siyosiy makonidagi qutblanish darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb ishonishini ta’kidladi. Chunki u qutblanish va qarama-qarshilik mamlakat kelajagi, uning rivojlanishi va unga qarshi kurashish qobiliyati uchun eng katta xavf ekanligiga amin.
Live
Barchasi