Grigoriy Leps 60 yoshda! Prezident uni mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
16 iyul 2022 7795 2 daqiqa
Asli kelib chiqishi gruziyalik bo‘lgan xonanda Grigoriy Leps bugun, 16 iyul kuni 60 yoshni qarshiladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin esa kecha, 15 iyul kuni xonanda Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti unvoni bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi.
Grigoriy Leps 1962 yilning 16 iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida dunyoga kelgan.
Prezident tomonidan imzolagan hujjat matnida ushbu unvon Grigoriy Lepsga “Estrada san’atini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun” berilgani qayd etilgan.
Grigoriy Leps Rossiya hukumati tomonidan 2011 yilda “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist”, 2017 yilda 2-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan, shuningdek, 2004 yilda “Ingushiya Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 2011 yilda “Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi xalq artisti” unvonlari bilan ham taqdirlangan. Qolaversa, xonanda Rossiyaning “Viktoriya”, “Oltin Grammofon”, “Yil qo‘shig‘i” va boshqa taqdirlash marosimlarida qator mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Grigoriy Leps O‘zbekiston uchun ham begona emas. U bir necha marotaba Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi san’at saroyi”da o‘zining yakkaxon konsertlari bilan chiqish qilgan. Qolaversa, 2009 yilda Gulnora Karimova tashabbusi bilan o‘tkazilgan M&TVA taqdirlash marosimida maxsus mehmon sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, Grigory Leps taniqli tadbirkor, xalq orasida “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevning xonadonida turli yillarda mehmon bo‘lgan.
Live
Barchasi